O‘zA O`zbek

26.08.2018 15:04 Chop etish versiyasi

GM Uzbekistan sanoqli daqiqalarda avtomobil olib ketishni taklif qilmoqda

GM Uzbekistan sanoqli daqiqalarda avtomobil olib ketishni taklif qilmoqda “GM Uzbekistan” AJ barcha dilerlik tarmoqlarida Mijoz toʻlov qilgan zahoti olib ketishi mumkin boʻlgan avtomobillar mavjudligi haqida eslatib oʻtadi. Ushbu xizmat orqali xaridor oʻzining avtomobilini atiga 45 daqiqa ichida rasmiylashtirib, olib ketishi mumkin.

Bugun kompaniyaning dilerlik tarmoqlarida “45 daqiqada Avtomobil!” dasturida 2259 dona Spark, Lasetti (CNG) va Cobalt rusumli avtomobil savdoga qoʻyilgan. Avtomobillarning toʻliq roʻyxati va soni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. http://gmuzbekistan.

Mazkur boʻlimdagi maʻlumotlar kundalik tarzda yangilanib boriladi. Dilerlarda mavjud avtomobillar soni sotilgan avtomobillar soniga qarab oʻzgarib borishi mumkin.

O'zA
2 353