O‘zA O`zbek

27.08.2018 13:35 Chop etish versiyasi

“GM UZBEKISTAN”da — shaffoflik tamoyili amalda

“GM UZBEKISTAN”da — shaffoflik tamoyili amalda
“GM Uzbekistan” AJ kompaniyaning rasmiy saytida kunlik ravishda dilerlik tarmoqlarida shartnoma tuzish uchun mavjud boʻlgan avtomobillar roʻyxati yangilanib borishini eslatib oʻtadi.

Dilerlik korxonalari kesimida bugungi kun holatiga shartnoma tuzish uchun 5500 dona avtomobil mavjud. Kompaniya dilerlik tarmoqlaridagi taqsimot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: http://gmuzbekistan.uz/cars_for_contracting. Ushbu taqsimot asosida avtomobil xarid qilish istagida boʻlgan mijozlar shartnoma tuzish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri dilerlarga murojat qilishlari mumkin.

Ushbu boʻlimda keltirilgan maʻlumotlar kundalik tarzda yangilanib boriladi va keyingi kunning soat 09:00 gacha faol sanaladi. Dilerlik korxonalaridagi mavjud shartnomalar kun davomida tuzilgan shartnomalar sonidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.

Ayni damda dilerlarda 3500 dona Nexia va 1000 donadan Lacetti va Cobalt uchun shartnomalar mavjud.

OʻzA
2 160