Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

28.08.2018 11:30 Chop etish versiyasi

GM da shaffoflikni taminlash boʻyicha yana yangi xizmat joriy qilindi

GM da shaffoflikni taminlash boʻyicha yana yangi xizmat joriy qilindi

“GM UZBEKISTAN“ AJ oʻz xaridorlarining ishonchini oshirish maqsadida taqdim etilayotgan xizmatlarini takomillashtirib borishda davom etadi.

Endilikda kompaniya avtomobil savdo tizimida shaffoflikni taminlash hamda mijozning ishonchini oshirish maqsadida kompaniya rasmiy saytida yangi boʻlim ishga tushganini malum qiladi. Uning yordamida xaridorlar avval roʻyxatdan oʻtkazilgan arizalar (elektron navbat) boʻyicha shartnoma tuzish uchun taqdim etilayotgan avtomobillar roʻyxati bilan tanishib borishlari mumkin.

Yangi boʻlimga quyidagi havola orqali oʻtish va unda bugun elektron navbat asosida shartnoma tuzish mumkin boʻlgan 12 mingdan ortiq barcha rusumdagi avtomobillar roʻyxati bilan tanishishlari mumkin. Avval roʻyxatdan oʻtgan arizalar boʻyicha shartnoma tuzish mumkin boʻlgan avtomobillar roʻyxati tegishli sananing soat 9:00 gacha amal qilib, kunlik asosda shartnomalar tuzilishiga qarab yangilanib boriladi.

Kompaniya taklif etayotgan mazkur xizmat xaridorga oʻz navbatining oʻzgarish jadalligini kuzatish imkonini beradi.

OʻzA
1 346