O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

Germaniyalik talabalar oʻzbek tilini oʻrganadi

Germaniyalik talabalar oʻzbek tilini oʻrganadi Samarqand davlat chet tillar institutida Germaniyadan kelgan talabalar uchun “Oʻzbek tili, madaniyati va Samarqand hayoti” nomli oʻquv kursi tashkil etildi.

Institut axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur kurs Germaniyaning Humboldt universiteti bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan.

Samarqand davlat chet tillar institutida Germaniyadan kelgan oʻqituvchi va talabalar ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda institut rektori I.Toʻxtasinov va boshqalar mehmonlarga yurtimiz tarixi, madaniyati, umrboqiy anʼana va qadriyatlarimiz haqida batafsil maʼlumot berildi. Oʻzbek tilining imkoniyatlari, buyuk shoir va mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan nodir asarlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

– Germaniyalik talabalarga institutimizning malakali oʻqituvchilari oʻzbek tili va boshqa fanlarni oʻrgatadi, – deydi Samarqand davlat chet tillar instituti xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Otabek Yusupov. – Shuningdek, Humboldt universitetidan kelgan professorlar ham bu borada bizga yaqindan yordam berishadi. Mazkur oʻquv kursi davomida nemis talabalari oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish bilan birga yurtimiz tarixi, Samarqandning tarixiy obidalari bilan yaqindan tanishadilar.

Uchrashuvda Samarqand davlat chet tillar instituti va Humboldt universiteti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytarish yuzasidan takliflar bildirildi.

1 740
Gʻ.Hasanov, OʻzA