O‘zA O`zbek

13.07.2018 13:41 Chop etish versiyasi

“Gentra” olishda amaliy yordam ko‘rsatildi

“Gentra” olishda amaliy yordam ko‘rsatildi
Avtomashina uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirgan bo‘lsa-da, avtosalon shartnomada keltirilgan muddat tugaganiga qaramay mashinani fuqaroga berishni paysalga solib kelgan.

2018-yil 18-iyun kuni Navoiy viloyati, Navoiy shahar, “G‘alaba” shoh ko‘chasi, 222-uy, 14-xonadonda yashovchi Asrorjon Muqimovning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Karmana tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Fuqaro murojaatida 2018-yil 2-fevral kuni tumandagi “Yangi ariq” MFYda joylashgan “NAVOIY AVTO MOTORS” MCHJdan shartnoma asosida “Gentra” rusumli avtomashinaga 100 foiz to‘lov amalga oshirgani, ammo shartnomada keltirilgan muddat tugagan bo‘lsa-da, mashinani ololmayotganligidan noroziligini bildirgan.

Murojaat bo‘yicha jamiyat mutaxassislari tomonidan “NAVOIY AVTO MOTORS” MCHJga xat orqali murojaat qilindi. MCHJning javob xatiga asosan avtomashina joriy yilning 30-iyuliga qadar yetkazib berilishi ma’lum qilingan bo‘lsa-da, tuman jamiyati xodimlarining sa’y-harakatlari bilan joriy yilning 11-iyul kuni avtomashina fuqaro A.Muqimovga topshirildi. Murojaatni o‘rganish yakunida fuqaro tuman jamiyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

O‘zA
2 733