O‘zA O`zbek

11.01.2019 16:27 Chop etish versiyasi

Gaz yoʻq, ammo qarzdorlik bor

Gaz yoʻq, ammo qarzdorlik bor

Gaz taminoti boʻyicha fuqarolarga asossiz ravishda qarzdorliklar yozilishi tez-tez kuzatilmoqda. Ana shunday holatlardan biri Xorazm viloyati, Beruniy tumani “Doʻstlik” OFYda yashovchi fuqaro U.Qurbonov bilan yuz bergan.

Maʼlumotlarga koʻra, 2017 yil 15 aprel kuni Qurbonov xonadoni qarzdorliklar sababli tarmoqdan ajratilgan, shunga qaramasdan shu kungacha boʻlgan, yaʼni 20 oy muddat ichida hajm koʻrinishda normativ hisobda 4 012 000 soʻm toʻlov hamda dalolatnoma jarimasiga 299 550 soʻm jami 4 311 550 soʻm qarzdorlik yozilganligi aniqlangan.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan ishlar natijasida qoʻllanilgan 4012000 soʻm toʻlovi bugungi kunda normativ boʻyicha qayta xatlov oʻtkazib fuqaroga 74 934 soʻm hisoblab berildi. Hamda isteʼmolchi xonadoniga gaz tarmogʻi ulab berildi.
Fuqaro U.Qurbonov asossiz qarzdorlik hisoblangan yagona isteʼmolchi emas. Respublika boʻylab gaz taʼminoti boʻyicha bir necha viloyatlarda shunday vaziyatlarga guvoh boʻlmoqdamiz.

OʻzA
2 160