O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Gaz moslamalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq 56 qoidabuzarliklar aniqlandi

Gaz moslamalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq 56 qoidabuzarliklar aniqlandi

Toshkent viloyatida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Jumladan, siqilgan gazda ishlash uchun qayta jihozlangan transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish maqsadida joriy yilning 19 sentyabr kuni maxsus targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad xavfsizlik masalasi boʻlib, bunda bunda viloyat hududida 65 ta avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchalarida texnik reglamentlar asosida xavfsizlik qoidalariga toʻliq amal qilinishini taʼminlash yuzasidan masʼul xodimlar ishtirokida alohida suhbatlar oʻtkazildi. 

Suhbat chogʻida bu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi, bunda har bir xodimning shaxsiy javobgarligi va masʼuliyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligi ayniqsa, avtomobillardagi gaz ballonlarining sinovdan oʻtganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatlarni muntazam ravishda tekshirilishi, gaz quyish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, belgilangan meʼyordan ortiqcha gaz quymaslik boʻyicha har bir ishchi-xizmatchilarga tegishli tushuntirishlar berildi. 

Bundan tashqari viloyat hududida faoliyat olib borayotgan yoʻl patrul xizmati inspektorlari tomonidan gazga qayta jihozlangan avtomobillarni tekshirish borasida maxsus reydlar tashkil etilib, reyd tadbirlarida gaz moslamalaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq 56 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Viloyat hududida reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

1 677
Nurillo Nasriyev, OʻzA