Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.11.2017 11:30 Chop etish versiyasi

G‘ururim, shonu shavkatim

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoshidagi akademik litseyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi viloyat kengashlari va BMT Bolalar jamg‘armasi – YuNISEFning mahalliy masalalarni hal etishda yoshlar ishtiroki loyihasining Buxoro viloyatidagi koordinatori hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yoshlar, jamoatchilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida so‘z yuritilar ekan, 26 yildan buyon BMT bosh binosi peshtoqida Vatanimiz jahonda tenglar ichra teng ekanining o‘ziga xos ifodasi sifatida mag‘rur hilpirab turgani, rasmiy marosimlar, yurtimiz sportchilarining xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalari sharafiga davlatimiz madhiyasiga hamohang baland ko‘tarilishi qalbimizga g‘urur-iftixor bag‘ishlashi ta’kidlandi.

BMT Bolalar jamg‘armasi – YuNISEFning mahalliy masalalarni hal etishda yoshlar ishtiroki loyihasining Buxoro viloyatidagi koordinatori tomonidan Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkazilgan edi. Tadbirda ushbu tanlov sovrindorlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

– Akademik litseyimizda o‘tkaziladigan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda Davlat bayrog‘i mazmun-mohiyati, undagi ranglar va yulduzlar xalqimizning boy milliy qadriyatlari mujassami bo‘lib, chuqur falsafiy ma’noga ega ekani keng targ‘ib etiladi, – deydi tanlovning rasmlar yo‘nalishi g‘olibasi Sabina G‘aybullayeva. – Bu biz, yoshlarni jannatmonand yurtda yashayotganimizdan faxrlanish, shu Vatanga munosib farzand bo‘lish tuyg‘usi bilan yashashga undaydi.

Erkin Yodgorov, O‘zA
1 386






Все о погоде - Pogoda.uz