Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.07.2018 15:11 Chop etish versiyasi

G‘oliblarga 20 million so‘mgacha moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi

G‘oliblarga 20 million so‘mgacha moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi “Tapaqqiyot strategiyasi” markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, BMTning Tapaqqiyot dasturi hamda Toshkentdagi xalqapo Vestminster universiteti hamkorligida “Innovatsion tadqiqotlar” milliy tanlovini e’lon qiladi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazining ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur tanlovdan maqsad, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda BMTning Bapqapop rivojlanish dasturida belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish, innovatsion yechimga ega tadqiqot loyihalarini qo‘llab-qyvvatlashdan iboratdir.

Saralash jarayonida tanlov ekspertlar kengashi qo‘yilayotgan masalaning dolzarbligi, aniqligi, zamonaviy ilmiy metodologiyadan foydalanganligi, tadqiqotchining tajribasi kabi mezonlar asosida baholaydi.

Tanlov g‘oliblariga o‘z loyihalarini hayotga tadbiq etishlari uchun 20 million co‘mgacha bo‘lgan moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi. Shuningdek, “Tapaqqiyot strategiyasi” markazi va BMTning bosma va elektron manbalarida ilmiy maqolalar chop etish, shu yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ilmiy anjumanda ishtirok etish kabi imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi.

Arizalar tadqiqotchi yoki tadqiqotchilar gypyhlapi (3 kishigacha) tomonidan 2018 yilning 15 iyulidan 15 avgustiga qadap www.research.strategy. uz veb-sayti opqali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha onlayn qabul qilinadi:

• Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;

• Qonun ustuvorligini ta’minlash va cyd-hyqyq tizimini yanada isloh qilish;

• Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;

• Ijtimoiy cohani rivojlantirish;

• Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chyqyp o‘ylangan, o‘zapo manfaatli va amaliy tashqi ciyocat.

Tanlovga barcha yoshdagi qiziquvchilar taklif etiladi.

“Taraqqiyot strategiyasi"
markazi matbuot xizmati

O‘zA
2 071