O‘zA O`zbek

09.08.2018 16:34 Chop etish versiyasi

G‘oliblar mamlakat bosqichiga boradi

G‘oliblar mamlakat bosqichiga boradi
Namanganda “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat markazidagi “Uch favvora” xiyobonida tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosimda O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

12.jpg

Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy islohotlar samarasi xalqimiz erishayotgan ulkan yutuq va marralar, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, Vatanimizning xalqaro obro‘-e’tibori yuksalayotgani, qishloq va shaharlarimiz tobora zamonaviy qiyofa kasb etayotganida ko‘zga tashlanadi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu jihatlar shoir-yozuvchilar, jurnalistlar va san’atkorlarga ilhom manbai bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan maqolalar nominatsiyasi bo‘yicha “Repetitor" gazetasi muharriri G.Murodova, badiiy publitsistika yo‘nalishida Namangan davlat universiteti dotsenti B.Isoqov, internet jurnalistikasi nominatsiyasida “Vodiymedia.Uz” axborot-tahliliy portali bosh muharriri D.Jumaboyev, teleradio materiallari nominatsiyasi bo‘yicha Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari I.Sodiqov, tasviriy san’at, foto asarlariva dizayn ishlari nominatsiyasida “Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi dizayneri M.Mamajanov, kino san’ati yo‘nalishida “Namangan Today” internet nashri muharriri S.Hamidov birinchi o‘rinni egalladi.

13.jpg

G‘olib va sovrindorlar tegishli diplom, qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Har bir nominatsiya g‘olibi tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Akromjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat) O‘zA
2 160