O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Gʻoliblar keyingi bosqichda

Gʻoliblar keyingi bosqichda

Nukus shahrida “Yilning eng yaxshi toʻgarak rahbari” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda shahar va tumanlar “Barkamol avlod” bolalar markazlaridan 50 ga yaqin ishtirokchi oʻzaro bellashdi.

Ishtirokchilar test topshiriqlari, amaliy mashgʻulotlar orqali bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazdi.

Tanlov yakunida badiiy ijodiyot yoʻnalishi boʻyicha Taxiatosh tumanidan Gulshirin Taganberdiyeva, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha Amudaryotumanidan Nilufar Avezova va texnik ijodkorlik borasida taxiatoshlik Baxtigul Turgʻunboyeva birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Ular tanlovning mamlakat bosqichiga boradi.

554
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA