O‘zA O`zbek

10.05.2018 19:46 Chop etish versiyasi

FVV xabari O‘zbekiston hududlarida yana zilzila qayd etildi

Bugun, 10-may kuni soat 19:08 da Toshkentda yana zilzila kuzatildi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan berilgan xabarga qaraganda yer silkinishlar o‘chog‘i Toshkentddan 534 kilometr janubiy Sharqda Afg‘oniston hududida qayd etilgan. Markazda uning magnitudasi 6 ballni tashkil etdi.

Silkinish kuchi Farg‘ona Guliston, Toshkent, Jizzax, Samarqand viloyatlarida 3 ball, Surxandaryo viloyati markazi Termizda 4 ballni tashkil etdi.

Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida so‘nggi bor 9-may kuni mahalliy vaqt bilan 15:44da yer qimirlashi kuzatilgan, uning magnitudani 6.2 ballni tashkil qilgani, O‘zbekistonda esa taxminan 3 ball atrofida bo‘lgani aytilgan edi. Mazkur zilzila Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz va Qarshida ham sezilgan.


3 664