O‘zA O`zbek

14.11.2019 Chop etish versiyasi

“Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqasining finalida mezbonlar gʻolib boʻldi

“Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” musobaqasining finalida mezbonlar gʻolib boʻldi

Andijonda “Futbolimiz kelajagi sening qoʻlingda” shiori ostida oʻtkazilgan respublika musobaqasining final bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonida 2005-2006-yillarda tugʻilgan oʻquvchilar jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqaning final oʻyinlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar jamoalari gʻoliblik uchun oʻzaro bahs olib bordi.

Musobaqaning respublika final bosqichi oʻyinlari yakuniy natijalariga koʻra, barcha raqiblaridan ustun kelgan Andijon viloyati jamoasi birinchi oʻringa sazovor boʻldi. Fargʻona viloyati yosh futbolchilariga ikkinchi, Navoiy va Jizzax viloyati jamoalariga uchinchi oʻrin nasib etdi.

– Musobaqalar qiziqarli va keskin kurashlar ostida oʻtdi, – deydi Andijon viloyati jamoasi aʼzosi Fayzullo Nurmuhammedov. – Gʻolib boʻlishimiz oson kechmadi, har bir uchrashuv mahorat va tajribamizni oshirishga yordam berdi. Qolaversa, erishgan yutugʻimiz oʻzimizga boʻlgan ishonchni yanada mustahkamladi.

Musobaqaning gʻolib va sovrindorlari, turli nominatsiyalar boʻyicha eng yaxshi deb topilgan yosh futbolchilar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.


577
F.UBAYDULLAYEV, OʻzA