O‘zA O`zbek

07.07.2018 17:18 Chop etish versiyasi

Fuqarolik pasportlari topshirildi

Fuqarolik pasportlari topshirildi
Navoiyda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 4 nafar shaxsga fuqrolik pasporti topshirildi.

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari qatnashdi.

Tadbirda mamlakatimizda ayni yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyilining amaliy ifodasi ekanligini ta’kidlandi.

– Bugun men uchun unutilmas kun, – deydi A.Imomquliyev. – Rossiyaning Yaroslavsk viloyatida tug‘ilganman. So‘ngra oilamiz bilan O‘zbekistonga ko‘chib kelganmiz. Uzoq yillar davomida shu yurtda yashadim, farzandlarim shu aziz Vatanda tug‘ildi. Xorijdagi qarindoshlarim ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganligim haqidagi xushxabarni eshitib, meni tabriklamoqda. Davlatimiz rahbarining bunday yuksak e’tiboridan minnatdorman.

Fuqarolik pasportlarini topshirish marosimida Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
4 053