O‘zA O`zbek

07.08.2018 16:19 Chop etish versiyasi

Fuqaroligi bo‘lmagan otalarga!

Fuqaroligi bo‘lmagan otalarga!
Quva tumani adliya bo‘limi xodimlari xonadonlarga kirib aholining yashash tarzi va kamchiliklari bilan qiziqqanda “Madaniyat“ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Akbarali Qurbonovning 2017-yil 22-mayda tug‘ilgan Ziyodaxon ismli nabirasiga shu kunga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olinmaganligi ma’lum bo‘lgan edi. 

O‘rganishlarga ko‘ra, Akbarali Qurbonovning o‘g‘li – bolaning otasi Sherali Qurbonov fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblanadi. Shu bois, yon-atrofdagi tanish-bilishlarning “Sening fuqaroliging yo‘q, yangi tug‘ilgan farzandingga guvohnoma olsang, uning ham fuqaroligi bo‘lmaydi”, degan so‘zlariga ko‘ra, o‘z ixtiyori bilan qiziga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olishga shoshilmagan.

Prezidentimizning 2018-yil 12-iyundagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emasligi, tug‘ilganlikning qayd etilishi – bola huquqlarini ro‘yobga chiqarilishining va fuqarolik bo‘lmasligining oldini olishning huquqiy asosi ekanligi ta’kidlangan. Shundan kelib chiqib, yuqoridagi murojaat o‘rganilganda tug‘ilishni rad etish uchun qonuniy asos mavjud emasligi aniqlandi va Akbaraliyeva Ziyodaxon Sherali qiziga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.

M.Qosimova, O‘zA
2 389