O‘zA O`zbek

31.08.2018 14:49 Chop etish versiyasi

Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qiladi

Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qiladi
Ushbu shior ostida Fargʻona viloyati Buvayda tumanida “Xalq sayli” va huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbirda Davlat xizmatlari agentligining viloyat boshqarmasi va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari faol qatnashdilar.

Tadbir davomida Davlat xizmatlari agentligi xodimlari tomonidan fuqarolarga turli yoʻnalishda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bir qatorda, ularni huquqiy tafakkurini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy maslahatlar berib borildi.

Fuqarolarni markaz tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish maqsadida markaz faoliyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi va bu haqidagi minga yaqin buklet va flayerlar tarqatildi.

Jumladan, 12 nafar fuqaroning farzandlarini maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun 10 nafari navbatga qayd etildi va 2 nafariga yoʻllanma berildi. 16 nafar fuqaroga elektron raqamli imzo kalitlari taqdim etildi va 2 nafar yakka tartibdagi tadbirkorni roʻyxatga olish boʻyicha tezkor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

OʻzA
1 789