Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2017 17:22 Chop etish versiyasi

Fuqarolar bilan ochiq muloqot

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi xodimlari bilan fuqarolar o‘rtasida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Toshxo‘jayev va boshqalar mamlakatimizda xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan izchil islohotlar jarayonida qonunchilik va huquq-tartibotni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 16-sentabrda imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Uchrashuvda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilidagi asosiy vazifalar, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Ochiq muloqot jarayonida yuzdan ortiq ariza va murojaat ko‘rib chiqildi. Aksariyat arizachilarning talablari shu joyning o‘zida qanoatlantirildi. Tergov xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bosh boshqarma rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

– Fuqarolarning jinoyat ishlari bo‘yicha savollariga ushbu ishni ko‘rib chiqayotgan tergovchilar tomonidan shu yerning o‘zida javob berildi,– deydi shahar IIBB inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari To‘lagan Abdullayev. – Muammolar bunday ochiq hal etilishining ikkita foydali tomoni bor. Birinchidan, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish, ikkinchidan, kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik. Albatta, ochiq, oshkora tarzda o‘tkazilgan bunday uchrashuvlar aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining guvd.uz virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Natijada fuqarolar ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflari bilan bosh boshqarma rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi, zarur huquqiy maslahatlar berildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 096






Все о погоде - Pogoda.uz