O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Fuqaro profilaktika inspektoriga pora taklif qildi

Fuqaro profilaktika inspektoriga pora taklif qildi

Farg‘onada profilaktika inspektoriga to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Afsuski, oramizda o‘z qilmishi oqibatlarini turli xil noqonuniy yo‘llar bilan berkitib, kirdikorlarini yashirishni niyat qilgan hamyurtlarimiz ham yo‘q emas. Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘ziga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddasi bilan to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik va yengillik qilib berishni so‘rab, tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektoriga bir necha bor murojaat qilgan. Ayni jarayonda fuqaro mana shunday noqonuniy ish uchun 300 ming so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif etgan. Profilaktika inspektorining bu fuqaroga pora berish jinoyat ekanligi, to‘plangan hujjatlar bo‘yicha sud tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishi, qilmishining huquqiy oqibatlari tushuntirishiga qaramasdan u o‘z niyatidan qaytmaydi.

Inspektorning bildirgisi asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro 300 ming so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

290
M.SULAYMONOV, O‘zA