O‘zA O`zbek

28.09.2019 Chop etish versiyasi

Fuqaro oʻz uyini sotib aliment toʻladi

Fuqaro oʻz uyini sotib aliment toʻladi

Oila muqaddas dargoh. Shu bois ham unda er-xotinning oʻzaro munosabatlari, bolani tarbiyalashdagi tengligi va majburiyatlariga milliy qonunchiligimizda alohida eʼtibor qaratilgan.

Afsuski, ayrim oʻz masʼuliyatini his qilmagan, oʻz vaqtida farzandlari taʼminotidan xabar olmasdan, oʻz xoliga tashlab qoʻygan ota-onalarimiz buni toʻla anglab yetmayapti.

Mana shunday ota-onalarimizga byuro organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilmaguniga qadarli oʻz masʼuliyatlarini his qilishmayapti.

Buloqboshi tumani, Neftchilar mahallasida yashovchi Doniyorbek Kamolov moddiy yordamga muhtoj 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun 32 mln 900 ming soʻm alimentdan qarzdorligi boʻlgan.

Unga nisbatan byuroning Buloqboshi tuman boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, 15 sutka maʼmuriy kamoq jazosi tayinlangan edi. Lekin qarzdor maʼmuriy jazodan keyin xam aliment toʻlovini amalga oshirmadi. Shundan soʻng, byuro tomonidan unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va D.Kamolov oʻz majburiyatini angladi shekilli dastlabki tergov davridayoq yashash uyini sotib 32 mln. 900 ming soʻm aliment qarzdorligini darhol toʻladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Buloqboshi tuman sudida ushbu jinoyat ishi ish yarashuv bilan yakunlandi.

1 145
OʻzA