O‘zA O`zbek

03.08.2018 11:52 Chop etish versiyasi

Fuqaroga huquqiy tushuncha berildi

Fuqaroga huquqiy tushuncha berildi
Bog‘dod tumani Cheksaroy qishlog‘ida yashovchi A.Ahmadqulov xonadoniga kelgan tuman MIB xodimlari tomonidan undan asossiz ravishda 2 million so‘m qarzdorlik undirish bo‘yicha talab qo‘yayotganligidan norozi bo‘lib, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan edi.

Murojaat tegishliligi bo‘yicha Bog‘dod tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimi tomonidan tuman MIB mas’ul xodimi va murojaatchining o‘zi ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, xonadonga DDS28-rusumli elektr hisoblagich o‘rnatilgan, MIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida elektr hisoblagich ko‘rsatgichining orqaga qaytib qolganligi holati qayd etilgan va ushbu holat yuzasidan 2017 yil 3 sentyabrda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Ushbu dalolatnoma asosida qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazilib, xonadon tomonidan 600642 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Fuqaro A.Ahmadqulov 2017-yil 7-sentyabrda yetkazilgan zararning 362732 so‘m qismini hamda qayta ulash uchun belgilangan to‘lov – 299552 so‘mni to‘lagan. Ushbu to‘langan mablag‘ MIB Bog‘dod tumani bo‘limidan tuman elektr ta’minoti korxonasiga o‘tkazib berilgan. Qolgan 237910 so‘mi esa to‘lanmay qolgan. Fuqaro tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun oxirgi amalga oshirilgan to‘lov 2018-yil 12-fevralda 503000 so‘mni tashkil qilgan.

O‘rganish natijalari bo‘yicha fuqaroga ushbu holatlar va yetkazilgan zararning qolib ketgan qismini to‘lanishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Abdubannob Qodirov,
Bog‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi

O`zA
2 572