O‘zA O`zbek

14.08.2018 12:42 Chop etish versiyasi

Fransuz va o‘zbek hunarmandlari yangi yo‘nalish yaratdi

Fransuz va o‘zbek hunarmandlari yangi yo‘nalish yaratdi

Mamlakatimiz jahonning ko‘plab davlatlari bilan madaniy aloqalarni tobora kengaytirib bormoqda. Jumladan, xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlari dunyo hamjamiyatining o‘zbek madaniyati va san’atiga, an’analarimiz va ibratli qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda.

photo5445380626061568431.jpg

Fransiyaning Ganna shahrida o‘tkazilgan “Dunyo madaniyati – Ganna - 2018” xalqaro festivalida hunarmandlarimiz ishtirok etib, qaytdi. Unda o‘zbek usta-hunarmandlari yaratgan xalq amaliy san’atining namunalari namoyish etildi. Yog‘och o‘ymakorligi, kashta, miniatyura, milliy liboslar va kulolchilik namunalari shular jumlasidandir.

photo5445380626061568432.jpg

– Bu tadbirda ishtirok etib, xorijliklar bilan tajriba almashdik, – deydi yog‘och o‘ymakori Anvar Alimboyev. – Turli davlat vakillari mahorat darslari o‘tdi. Jumladan, bizning vakillarimiz so‘zana tikish jarayonini ko‘rsatdi. U ko‘pchilikda, ayniqsa, AQSH xalqida alohida qiziqish uyg‘otdi. Biz olib borgan lagan, lavh kabi milliy mahsulotlardan ham ko‘pchilik hayratlandi.

Fransiyada ham yog‘och o‘ymakorligiga o‘xshash hunarmandlik yo‘nalishi bor ekan. Faqat ular hozirda bizda ham ommalashayotgan skulptura tarzida chizilar ekan. Bizda esa bo‘rtma gullar va islimiy naqshlardan foydalaniladi. Ular bilan birgalikda “o‘zbek – fransuz do‘stligi” deb nomlangan san’at asarini yaratdik. Yog‘och o‘ymakorligi texnikasi asosida yaratilgan bu mahsulot ko‘pchilikka yoqdi.

O‘zA
1 870