O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

Fransiya: 2022 yilga kelib mamlakatga keluvchi sayyohlar soni 200 millonga yetkaziladi

Fransiya: 2022 yilga kelib mamlakatga keluvchi sayyohlar soni 200 millonga yetkaziladi

Fransiya hukumati “mavjud vaziyatdan kelib chiqib” mamlakatga keluvchi sayyohlar miqdorini 200 millionga yetkazish maqsadi ro‘yobini 2022 yilga qoldirdi, deyiladi “Le Figaro” xabarida.

2020 yilgi mamlakatning sayyohlik budjetiga ilova hujjatiga ko‘ra, bu yilgi vaziyat, xususan, "Brexit " jarayoni va sariq nimchalilarning harakati tufayli mamlakatga sayyohlar soni kelishi kamaygan.

"REGNUM" xabarida “Bu yilgi maqsad sayyohlar sonini 100 milliondan oshirish edi. 2018 yilda rekord daraja – mamlakatga keluvchi xorijiy sayyohlar deyarli 90 million bo‘lgani qayd etilgandi”, deyilgan.

514
O‘zA