Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.06.2017 18:53 Chop etish versiyasi

Fraksiya yig‘ilishida Prezidentimiz ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar belgilandi

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimizning joriy yil 13-iyun kuni sud organlari xodimlari bilan uchrashuvidagi “Qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti” mavzuidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan partiya oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama etildi.

O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi raisi N.Umarov va boshqalar Prezidentimizning fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish orqali xalqimizning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, sudni tom ma’noda “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirish lozimligi haqidagi fikrlarini keng jamoatchilik qatorida partiya faollari ham mamnuniyat bilan qabul qilganini alohida ta’kidladi.

Ma’ruzada bugungi kunda mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishda qonun va adolat ustuvorligini ta’minlash eng muhim vazifa ekanligi qayd etilgan. Davlatimiz rahbari bu borada hali o‘z yechimini topmagan kamchilik va muammolarni atroflicha tahlil qilib, muhim amaliy vazifalarni belgilab berdi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash partiya deputatlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Tadbirda partiya huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoatchilik oldida hisobot berib borish tartibini joriy qilish, bu ishga ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb etish tarafdori ekanligi qayd etildi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz ma’ruzasidan kelib chiqadigan partiya deputatlik korpusi oldida turgan vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, fraksiya a’zolarining "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi ijrosidan kelib chiqib, joriy yilning may-iyun oylarida joylarda saylovchilar bilan olib borgan uchrashuvlari hamda uning natijalari ko‘rib chiqildi.

– Ushbu davrda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari tomonidan mamlakatimizning 28 tumanidagi holat o‘rganildi, – deydi partiya fraksiyasi a’zosi Shuhrat Polvonov. – Uchrashuvlarda fuqarolar tomonidan jami o‘n mingga yaqin masala ko‘tarildi. Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, joylardagi Xalq qabulxonalari bevosita aholining murojaatlari bilan tizimli ravishda ishlar olib borayotganligi, mutasaddi rahbarlarning mahalliy Kengashlar va xalq oldida hisobot berib borayotganligi muammolarning kamayishida muhim omil bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
510






Все о погоде - Pogoda.uz