Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.04.2018 16:23 Chop etish versiyasi

Fraksiya faoliyati haqida ma’lumot berildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi tomonidan brifing tashkil etildi. Unda fraksiyaning 2018-yilning birinchi choragida amalga oshirgan ishlari haqida ma’lumot berildi.

2018-yil birinchi choragi davomida fraksiya a’zolari 8 ta qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilishida ishtirok etdi. Qabul qilinayotgan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, davlatimiz rahbarining joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida qilgan tashriflari tafsilotlari fraksiya a’zolari tomonidan aholiga yetkazib borilmoqda.

Joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga 40 ta deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rov yuborilgan ayrim vazirliklardan ko‘tarilgan masala yuzasidan ijobiy javoblar olindi. Brifingda ayrim deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berilmagan holatlar ham bo‘lganligi qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni doirasida O‘zLiDeP fraksiyasi qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 125 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning mazmunidan kelib chiqib, taalluqliligi bo‘yicha tegishli davlat organlariga yuborilgan va ijrosi nazoratga olingan. Shuningdek, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari tomonidan Qonunchilik palatasining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasi (fuqarolar qabulxonasi)da 50 dan ziyod fuqaro qabul qilindi. Ularga tegishli huquqiy maslahatlar berilib, ayrim fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Qonunchilik palatasining tegishli bo‘limiga topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali qonun loyihalarini keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, aholini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarga yechim topish, partiyaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini hayotga izchil tatbiq etishga qaratilgan “O‘zLiDeP muhokamaga chorlaydi” nomli guruh tashkil etilgan. Unda har haftaning chorshanba kunlari partiya fraksiyasi a’zolari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari ishtirokida onlayn muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Fraksiya a’zolari har oyda 10 kun belgilangan tumanlarda bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazmoqda, aniqlangan muammolarni hal etishda faollik ko‘rsatayotir.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
5 064