O‘zA O`zbek

19.07.2018 17:46 Chop etish versiyasi

Fototanqid: nomiga nomunosib“Gulshan”

Fototanqid: nomiga nomunosib“Gulshan” Buxoro shahridagi “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida asosan ko‘p qavatli turar-joylar, “Yoshlar” uylari joylashgan, markaziy ko‘chalar kesishgan.

Mahallada aholi turar-joylari bilan bog‘liq ishlarga anchadan buyon e’tibor qaratilmagan. Piridastgir ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar atrofi achinarli ahvolda. Qurilishdan qolgan chiqindilar anchadan beri olinmagan, ariqlar tozalanishidan keyin olinmasdan uzoq vaqt qolib kelgan tog‘dek loy uyumlari aholining o‘tib qaytishiga xalaqit bermoqda. Aholi o‘tish uchun mo‘ljallangan joydan, agar uni ko‘prik deb atash mumkin bo‘lsa, yosh bolalar u yoqda tursin, yoshi kattalar kunduzi o‘tishga qo‘rqadi. Bugungi jazirama kunlari sanitar holati mutlaqo talabga javob bermaydigan ariqda yoshu katta cho‘miladi. Qalin tikonzor va qamishzorga aylangan maskanda yong‘inlar sodir bo‘lib turishi oddiy holga aylangan, go‘yo shunday bo‘lishi kerakdek! Bolalar o‘yingohlari nazoratsiz. Hududdagi “Yoshlar” (avvalgi “Kamolot”) uylari oldidagi sport maydoni anjomlar bilan jihozlanmagan, ko‘chalarga tungi yoritgichlar o‘rnatilmagan.

Shuningdek, bir muammo uzoq yillardan buyon yechilmay kelmoqda. Gap shundaki, Favqulodda vaziyatlar vazirligininger osti binosi joylashgan. Tikonzor ichidagi binoning ichki qismi spirtli ichimliklar idishlari, axlatlar bilan to‘lgan, eshiklari yopilmaydi. Issiq kunlarda zararli hasharotlar yanada ko‘payadi. Maktab binosida joylashgan mahalla idorasiga o‘tadigan joylar achinarli ahvolda, ta’lim maskani hududi panjara bilan o‘ralmagan.

8.jpg

14.JPG

15 (1).JPG

16.JPG

17.jpg

22.JPG

34.jpg

43.jpg

45.JPG

Tohir Istatov (surat) O‘zA
3 100