O‘zA O`zbek

20.07.2018 19:34 Chop etish versiyasi

FOTOTANQID:bozorda qachon tartib bo‘ladi?

FOTOTANQID:bozorda qachon tartib bo‘ladi? Prezidentimizning 2017 yil 27 martdagi “2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida joylarda keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda.

Biroq, Navoiy viloyati Uchquduq tumani markazida joylashgan “Uchquduq dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman mutasaddilarining e’tiboridan chetda qolgan. Vaholanki, bozor tuman hokimligi yonida joylashgan. Sotuvchi va xaridorlar uchun sharoit qoniqarsiz ahvolda.

Bozordagi sanitariya holati haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Savdo va tozalik madaniyatiga ko‘zingiz tushib, bozor haqidagi tasavvuringiz bir zumda o‘zgaradi. Bozor atrofi allaqachon chiqindixonaga aylanib ulgurgan. Bozor ma’muriyati va tegishli tashkilotlarning o‘z ishiga bunday sovuqqon munosabati xaridorlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

photo5373263800129661327 (1).jpg

photo5373263800129661329.jpg

photo5373263800129661330.jpg

photo5373263800129661331.jpg

photo5373263800129661332.jpg

photo5373263800129661333.jpg


photo5373263800129661334.jpg

photo5373263800129661335 (1).jpg

photo5373263800129661336.jpg

photo5373263800129661337 (1).jpg

photo5373263800129661338.jpg

photo5373263800129661339.jpg



Siroj Aslonov (surat) O‘zA
3 735