O‘zA O`zbek

07.01.2018 08:31 Chop etish versiyasi

Fotoreportaj: Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

Fotoreportaj: Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir Xorazm viloyati markazidagi Jaloliddin Manguberdi majmuasida "Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir" shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Navqiron avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish maqsadiga yo‘naltirilgan tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, viloyat mudofaa ishlari, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti xodimlari, "Temurbeklar maktabi" o‘quvchilari ishtirok etdi.



– Bu yerga onam va do‘stlarim bilan keldim, – deydi 9 yoshli Oybek Sharipov. – Otam ham harbiy xizmatchi. Kelajakda xuddi otam singari harbiy bo‘lish orzuimdir.



Tadbir davomida Serjantlar tayyorlash maktabi kursantlarining ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek, qiziqarli konsert dasturi namoyish etildi.

11 (6).jpg

8 (1).jpg

Shonazar Qoriyev (surat), O‘zA
25 903