O‘zA O`zbek

25.08.2018 13:17 Chop etish versiyasi

Fotoradar: jarimani oʻz vaqtida toʻlamayotgan haydovchilar roʻyxati – eng koʻp qoidabuzarlar Toshkent shahrida!

Fotoradar: jarimani oʻz vaqtida toʻlamayotgan haydovchilar roʻyxati – eng koʻp qoidabuzarlar Toshkent shahrida!
Toshkent viloyati hududidan oʻtuvchi “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz”, “Toshkent – Oʻsh” va “Bektemir – Chorbogʻ” avtomobil yoʻllariga oʻrnatilgan fotoradarlar yordamida 2018-yilning 16-fevraldan 23-avgustga qadar 77 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlangani haqida avval xabar (sssilka: http://uza.uz/oz/society/auto-con-uskunasi-z-va-tida-zharima-t-lamagan-aydovchilarni--24-08-2018) bergan edik.

Toshkent viloyati yoʻllari mamlakat hududlarini poytaxt bilan bogʻlovchi yagona yoʻl ekani sabab, fotoradarlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga tegishli avtomobillar ekanini koʻrishimiz mumkin.

Toshkent viloyati IIB YHXB fotoradarlar qayd etgan qoidabuzarlik sonini hududlar kesimida tahlil qilgan. Unga koʻra, Toshkent shahri – 25 623, Sirdaryo viloyati – 4053, Jizzax viloyati – 4099, Samarqand viloyati – 5936, Fargʻona viloyati – 4586, Namangan viloyati – 2595, Andijon viloyati – 3028, Qashqadaryo viloyati – 4464, Surxondaryo viloyati – 2163, Buxoro viloyati – 1359, Navoiy viloyati – 848, Xorazm viloyati – 769, Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 554 va Toshkent viloyatiga tegishli boʻlgan 13 414 avtomobil belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarligini sodir etgan.

Bundan tashqari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan qoidabuzarlikni koʻp marotaba sodir etib, toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmayotgan haydovchilar roʻyxati shakllantirildi va undirish choralari koʻrilmoqda.

Misol uchun:

1. “Matiz” rusumli davlat raqam belgisi 20 L 564 BA boʻlgan avtomashina 11 marotaba. Jarima miqdori – 2 million 583 ming 600 soʻm.

2. “Sovalt” rusumli davlat raqam belgisi 10 C 080 LA boʻlgan avtomashina 8 marotaba. Jarima miqdori – 2 million 66 ming 880 soʻm.

3. “Lasetti” rusumli davlat raqam belgisi 30 S 733 LA boʻlgan avtomashina 5 marotaba. Jarima miqdori – 2 million 928 ming 80 soʻm.

4. “Spark” rusumli davlat raqam belgisi 10 C 014 KA boʻlgan avtomashina 5 marotaba. Jarima miqdori – 1 million 550 ming 160 soʻm.

5. “Nexia” rusumli davlat raqam belgisi 01 D 120 JA boʻlgan avtomashina 5 marotaba. Jarima miqdori – 861 ming 200 soʻm.

6. “Lasetti” rusumli davlat raqam belgisi 01 A 909 QA boʻlgan avtomashina 5 marotaba. Jarima miqdori – 2 million 239 ming 120 soʻm.

7. “Lasetti” rusumli davlat raqam belgisi 80 G 969 HA boʻlgan avtomashina 4 marotaba. Jarima miqdori – 588 ming 960 soʻm.

OʻzA
2 138