O‘zA O`zbek

17.09.2020 Chop etish versiyasi

Fors tili va madaniyati markazi tashkil etiladi

Fors tili va madaniyati markazi tashkil etiladi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Moʻxsin Pirmoʻxsiniy bilan uchrashdi.

Suhbat davomida elchixona bilan hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalarni yana-da jadallashtirish toʻgʻrisida fikr almashildi.

Moʻxsin Pirmoʻxsiniy universitet bilan hamkorlik yaxshi yoʻlga qoʻyilganini alohida eʼtirof etdi. Xususan, muassasa doktorantlari oʻtgan yili Eron Islom Respublikasida malaka oshirib qaytishgani, fors tilini oʻqitishning yangi metodlarini oʻzlashtirib, ularni universitetda joriy etishayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda tomonlar universitetda Fors tili va madaniyati markazini tashkil etishga kelishdi, mazkur oliy taʼlim muassasasiga elchixona tomonidan yangi kompyuter jamlanmalari sovgʻa qilindi.

Shuningdek, kelishuv doirasida hamkorlikni yana-da kuchaytirish maqsadida har yili 4-5 nafar universitet talabalari Eron Islom Respublikasidagi malaka oshirish kurslariga joʻnatiladigan boʻldi.

12 016
OʻzA