O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Forishda yangi bogʻcha qurildi

Forishda yangi bogʻcha qurildi

Jizzax viloyati Forish tumanining Bogʻdon mahallasida davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasasi uchun ikki qavatli zamonaviy bino qurib bitkazildi.

Loyiha qiymati 4 milliard soʻm boʻlgan inshootni barpo etishda tadbirkor “Qishloqqurilishbank”ning 3 milliard soʻm kreditidan foydalandi.

“Xadichabonu” deb nomlangan ushbu yangi maktabgacha taʼlim muassasasi karantin tugagandan soʻng 150 nafar kichkintoyni bagʻriga oladi.

photo_2020-05-23_19-36-26.jpg

Ayni kunda maktabgacha taʼlim muassasasi hovlisida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu inshoot joriy yilda tumanda maktabgacha taʼlim muaassasalari uchun qurilgan uchinchi yangi bino. Bundan avval tumanning Band, Uchquloch aholi manzillarida yangi maktabgacha taʼlim muassasalari qurilgan edi.

Tumanning Uchma qishlogʻida qurilayotgan yana bir shunday muassasa binosi esa foydalanishga topshirilish arafasida.

773
T. BEKNAZAROV, OʻzA