O‘zA O`zbek

21.08.2019 Chop etish versiyasi

Forishda besh muhim tashabbus bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Forishda besh muhim tashabbus bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Jizzax viloyati Forish tumanida Prezidentimizning besh muhim tashabbusi ijrosiga bag‘ishlab ma’rifiy-madaniy tadbirlar o‘tkazildi. 

Ikkichi sektor rahbari, tuman prokuror i tomonidan tashkil etilgan tadbir avvalida “ Qoraabdol chevarlari” tikuvchilik korxonasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Tuman xokimligi, xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ittifoqi vakillari, qishloq aholisi ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ushbu tikuvchilik korxonasi barpo etilishi Prezidentimiz besh muhim tashabbusining beshinchisi – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlandi.

11.jpg

3.jpg

9.jpg

Tumanning eng chekka hududida joylashgan Qoraabdol qishlog‘ida shu paytgacha xotin-qizlar ishlaydigan birorta korxona yo‘q edi. Qoraabdol qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan inshootida barpo etilgan ushbu korxonada 30 nafar ayol ish bilan ta’minlandi.

Korxonani qishloq tadbirkori Nodira Isomiddinova “Xalq bankining 200 million so‘m imtiyozli kreditidan foydalanib ishga tushirdi.

– Korxona ishga tushishida sektor rahbari yaqindan ko‘mak berdi, – deydi tadbirkor N. Isomidinova. – Seximizda yetti turdagi buyumlar ko‘rpa – ko‘rpa-to‘shak, turli kiyim-kechaklar, ayollar liboslari tikilayotir. Bundan tashqari aholi buyurtmalari asosida ham tikuvchilik mahsulotlari tayyorlanyapti. Qishlog‘imizda yaqinda ishga tushirilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasini ko‘rpa-yostiq jildlari, choyshablar bilan ta’minlash bo‘yicha ham shartnoma tuzdik.

13.jpg

16.jpg

19.jpg

Shu kuni qishloqda besh muhim tashabbusi asosida ijrosi bo‘yicha boshqa tadbirlar ham tashkil etildi. Jumladan qishloq yoshlaridan iborat badiiy havaskorlarning konserti, sportning kurash, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqalar, kitob ko‘rgazmalari, kitobxonlik, kompter savodxonligi tadbirlari tashkil etildi.

Vatanimiz Mustaqilligining 28 yilligi arafasida tashkil etilgan madaniy-ma’fiy tadbirlar qishloq yoshlariga chinakam bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

2 778
T.BEKNAZAROV, J.YoRBEKOV (surat), O‘zA