Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.02.2018 10:28 Chop etish versiyasi

Forish tumani hokimi yoshlarga 3 mingta kitob sovg‘a qildi

Jizzax viloyati Forish tumani hokimi Abduvali Mustanov aholi, yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarda ishtirokchilarga kitob sovg‘a qilishni an’anaga aylantirdi. Yanvar oyida o‘tkazilgan shunday uchrashuvlarda ishtirokchilarga hokim o‘z dastxati bilan 3 mingta kitob sovg‘a qildi.

Sovg‘a uchun kitoblarni hokimning o‘zi shaxsan tanlaydi. Sovg‘a qilingan kitoblar orasida Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, To‘ra Sulaymon, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Ernest Xeminguey, Paulo Koelo kabi o‘zbek va jahon mumtoz adabiyoti hamda zamonaviy milliy va xorijiy ijodkorlar asarlari bor.

Hozirgacha hokimning kitob sovg‘asiga 16 million so‘m sarflandi. Hokim har bir qishloq, mahallada kitobxonlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida barcha fuqarolar yig‘ini qoshida kutubxona tashkil etmoqchi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
3 382