O‘zA O`zbek

05.09.2018 16:47 Chop etish versiyasi

Firdavsiyning “Shohnoma”sidagi “qahramon” sutga toʻymayapti

Firdavsiyning “Shohnoma”sidagi “qahramon” sutga toʻymayapti Shu yilning iyul oyida Kulobdagi tugʻruqxonalardan birida dunyoga kelgan 8-kilogrammlik pahlavonni ikki ayol emizmoqda. Chaqaloqqa Rustam deya nom qoʻyishdi. Chunki qarindoshlarining aytishicha, goʻdakFirdavsiyning “Shohnoma”sidagi qahramon adashiga oʻxshab ketadi.

“Nabiram tugʻilgan kechasi biz qoʻshimcha shifokorlarni taklif qildik, chunki chaqaloqning vaznidan juda ham xavotir oldik”, deya eslaydi Rustamning buvisi Nazira Imomnazarova. Uning soʻzlariga qaraganda, goʻdak ona sutiga toʻymayapti va shu sababli unga sigir suti sotib olishga toʻgʻri kelmoqda.

Pahlavonning otasi Iskandarsho Xudoynazarovning aytishicha, yaqinda Rustam tekshiruvdan oʻtish uchun poytaxtga olib borildi. Gap shundaki, ota-onalari goʻdak nogiron boʻlib qolishidan xavotir olishmoqda. Biroq poytaxtdagi “Istiqlol” klinikasi shifokorlari Rustam mutlaqo sogʻlom ekanligini aytishdi.

7 kg. 200 grammga teng chaqaloq iyul oyi boshlarida kesareva yoʻli bilan dunyoga keldi. Bu — odatda chaqaloqlar 1,5 kilogramdan 5, 5 kilogrammgacha tugʻiladigan Tojikiston uchun noyob hodisadir. Shifokorlarning aytishicha, chaqaloqlar 4 oylik boʻlguncha 8 kilogrammgacha vazn toʻplaydi, boʻyi esa 60 santimetrgacha choʻziladi. Ayni damda Rustam oʻz tengdoshlaridan ancha katta koʻrinadi, u bir yoshli goʻdakka oʻxshaydi.

Sharofiddin Toʻlaganov, OʻzA
2 245