O‘zA O`zbek

03.12.2019 Chop etish versiyasi

Filippin: kuchli to‘fon sababli reyslar parvozi bekor qilindi, maktablar yopildi

Filippin: kuchli to‘fon sababli reyslar parvozi bekor qilindi, maktablar yopildi

“Tisoy” to‘fonining kelishi tufayli Filippindagi ichki va xalqaro yo‘nalishlardagi 100 dan ortiq parvozlar bekor qilindi.

Hukumat aeroportlarni to‘fonga qarshi xavfsizlik bo‘yicha tayyorlamoqda, deyiladi “Philippine News Agencu”ning mamlakat fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi ma’lumotiga asoslangan xabarida.

Ayni paytda “Business Mirror” nashri bir necha provinsiyalar va poytaxt mintaqasida maktablar yopilganini ma’lum qilgan.

Avvalroq mamlakat hukumati Albay provinsiyasidan 100 mingdan ortiq kishini evakuatsiya qilishga kirishgan edi, deyiladi xabarda.

738
O‘zA