Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.09.2017 11:16 Chop etish versiyasi

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida bayram tadbirlari davom etmoqda

Ana shunday tadbirlardan biri Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ham bo‘lib o‘tdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov va boshqalar oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida navqiron avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar, ayniqsa, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlikning yo‘lga qo‘yilgani va chet tillarni puxta o‘qitishga alohida e’tibor qaratilayotgani yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda istiqlol yillarida oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ayni paytda dunyoning 35 davlatidagi 80 oliy ta’lim muassasasi va ilmiy fondlari bilan hamkorlik qilib kelayotir.

Ayni paytda mazkur dargohda talabalarga ta’lim-tarbiya berayotgan professor-o‘qituvchilarning 8 nafari akademik, 150 dan ziyodi fan doktori va professor, 400 ga yaqini fan nomzodi va dotsent ilmiy darajasiga ega.

“Mustaqillik darsi”, “Xotira dars”larida talabalarga mamlakatimizning istiqlolga erishishi, mustaqillik yillarida xalqimiz qo‘lga kiritgan yutuq va marralar haqida so‘zlab berildi. Bugungi osoyishta va farovon hayotimiz, turmushimizda, ongu tafakkurimizda ro‘y bergan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar, yoshlarimizning hech kimdan kam bo‘lmagan sharoitlarda unib-o‘sayotgani buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi

Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liqligi qayd etildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 060






Все о погоде - Pogoda.uz