Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 15:50 Chop etish versiyasi

Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 13-17-avgust kunlari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining barcha tuman va shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostidagi “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiyani tashkil etishdan maqsad – O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalarini targ‘ib etish, yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, demokratik o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, ularda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirish, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishdan iborat.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq o‘tkazilayotgan aksiyada yosh olim va mutaxassislar, shoir va yozuvchilar, kino va teatr aktyorlari, estrada xonandalari, tadbirkorlar, sportchilar, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari, Yoshlar ittifoqi faollari va “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlaridan iborat targ‘ibot guruhlari barcha hududlarga chiqib, targ‘ibot tadbirlarida qatnashmoqda.

Tadbirlarda mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish va yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, bandlik muammosini hal etishga oid amaliy va konsultativ ko‘mak berish mavzularida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida olis qishloqlardagi ta’lim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va kasalxonalarga kitoblar sovg‘a qilinmoqda.

Mahallalardagi imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga sovg‘alar topshirilmoqda, ular tajribali shifokorlar jalb qilingan holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri, “O‘zbekkino” milliy agentligi aktyorlari tomonidan spektakllar namoyish etilmoqda. Taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilar ishtirokida konsertlar uyushtirilmoqda.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
8 554






Все о погоде - Pogoda.uz