O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

08.09.2018 13:46 Chop etish versiyasi

Fidoyi oʻgʻlonlar qasamyodi

Fidoyi oʻgʻlonlar qasamyodi

“Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilayotgan eng ulugʻ, eng aziz ayyom – mustaqilligimizning 27 yillik bayrami arafasida Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasida tantanali qasamyod qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

9.JPG

Tadbirda viloyat faollari, ota-onalar, ichki ishlar organlari faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

19.JPG

–Qasamyod qabul qilish oddiy tadbir emas, – deydi Fargʻona viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Rahmatjon Mamatov. – Oʻlaymizki, yosh xodimlar oʻz qasamyodiga sodiq qolib, halollik va fidoyilik bilan xizmat qiladi, el-yurt ishonchini oqlaydi.

Mustaqilligimizning 27 yillik bayrami munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga asosan xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik va fidoyilik namunasini koʻrsatgan Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boʻlinma komandiri, safdor Davlat Nazirov “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangani ham fargʻonalik soha xodimlarini quvontirdi. Tadbir davomida yuksak mukofot sohibiga ham ezgu tilaklar bildirildi.

Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA