Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.07.2018 10:52 Chop etish versiyasi

FHDYO bo‘limi mudiri lavozimiga kimlar tayinlanadi?

FHDYO bo‘limi mudiri lavozimiga kimlar tayinlanadi?
FHDYO bo‘limi mudiri, FHDYO arxivi mudiri lavozimiga tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar aniqlashtirildi. 

Hukumat qarori bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida nizom tasdiqlagani haqida Adliya vazirligi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar qilmoqda.

Nizomga muvofiq FHDYO bo‘limi mudiri, FHDYO arxivi mudiri lavozimiga quyidagi talablarga javob bergan O‘zbekiston fuqarosi tayinlanishi mumkin:

yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan;

oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan;

yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik, shu jumladan FHDYO organida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan.

FHDYO bo‘limi mudiri tegishli tuman (shahar) hokimi tomonidan Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilandi.

FHDYO organining 1-toifali inspektori lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va 2-toifali inspektori yoki arxivarius lavozimiga yuridik mutaxassislik bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari tayinlanishi mumkin.

O‘zA
3 189