O‘zA O`zbek

11.09.2019 Chop etish versiyasi

Festival ishtirokchilari tantanali kutib olindi

Festival ishtirokchilari tantanali kutib olindi


Qoʻqon temir yoʻli vokzalida Xalqaro hunarmandchilik festivaliga ishtirok etish uchun kelgan xorijlik mehmonlar tantanali kutib olindi.

Festivalda dunyoning koʻplab davlatlaridan mohir hunarmandlar, taniqli madaniyat arboblari, sanʼatshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Karnay surnay sadolari ostida kutib olingan mehmonlar chehrasida tabassum, xursandchilik hukmron. Zero, jahon hunarmandlarining bu shodiyonasi doʻstlik va hamjihatlik ayyomi hamdir.

14.JPG

– Men keramika sohasi bilan shugʻullanaman,-deydi malayziyalik hunarmand Adil Bin Abdul. – Mazkur festivalga kelishimdan oldin yurtingizdagi hunarmandchilik tarixini oʻrgandim. Oʻzbekistonda kulolchilik ham qadimdan rivojlangan ekan. Ayniqsa, islom diniga xos naqshlar hunarmandchilik namunalarida koʻp aks etgani menda katta qiziqish uygʻotdi. Qoʻqon bizga unutilmas tuygʻularni baxsh etishiga ishonaman.

Festival doirasida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov gʻoliblari Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom, haykalcha va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

“Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi boʻyicha -15 000 AQSH dollari;

“Eng yosh hunarmand” nominatsiyasi boʻyicha -10 000 AQSH dollari;

“Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi” nominatsiyasi boʻyicha - 10 000 AQSH dollari;

“Qadimiy sulola davomchisi” - 5 000 AQSH dollari;

“Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand” - 5 000 AQSH dollari.

16.JPG

13.JPG

10.JPG

12.JPG

5.JPG


1 149
M. Sulaymonov, M. Qodirov (surat), OʻzA