O‘zA O`zbek

21.09.2019 Chop etish versiyasi

Feruz pnevmatik quroldan oʻq otishda tengsiz

Feruz pnevmatik quroldan oʻq otishda tengsiz

Navoiy viloyati Nurota tumanida “Biz Vatanparvarlarmiz” shiori ostida pnevmatik quroldan oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Nurota tumani oʻquv sport texnika klubi tomonidan tashkil etilgan musobaqada OʻSTK oʻq otish majmuasi boshlangʻich tashkilot aʼzolari, tumanning “Istiqbol”, “Mustaqillik” va “Nur Faxr” mahalla fuqarolar yigʻini uyushmagan yoshlari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassislik boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi taʼminlash, bu borada aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida Vatanparvarlik gʻoyalarni targʻib etish, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga koʻmaklashish maqsadida oʻtkazilgan musobaqada 20 nafar OʻSTK boshlangʻich tashkilot aʼzolari hamda 30 nafar mahalla yoshlari oʻzaro bellashdi.

Musobaqada faxrli 1-oʻrinni Feruz Usmonov qoʻlga kiritdi. 2-oʻringa Faxriddin Qurbonov, 3-oʻringa esa Jasurbek Xidirov sazovor boʻldi.

Musobaqa gʻolib va faol ishtirokchilariga “Vatanparvar” tashkilotining faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.

O.Alimov,

“Vatanparvar” tashkiloti

Nurota tumani OʻSTK boshligʻi

3 686
O'zA