O‘zA O`zbek

30.03.2020 Chop etish versiyasi

Fermer xoʻjaliklarida ham ish toʻxtab qolgani yoʻq

Fermer xoʻjaliklarida ham ish toʻxtab qolgani yoʻq
EL BOSHIGA ISH TUSHGANDA

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi xavfini bartaraf etish yuzasidan jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi karantin tadbirlari, avvalo donishmand, mehnatkash xalqimizning salomatligini saqlashga qaratilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 80 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi, 4 millioncha tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari, 30 mingga yaqin qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan korxonada bahorgi ekin ekish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish ishlari karantin rejimiga qatʼiy amal qilingan holda jadallik bilan olib borilmoqda. Fermer xoʻjaliklarida ham ish toʻxtab qolgani yoʻq. Aksincha, dalalarda ish qizgʻin.

Issiqxona xoʻjaliklari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda aholimizga mahsulot yetkazib berishda davom etmoqda.

Juda oddiy misol, karantin vaqtida aholiga himoya niqoblari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchi korxonalar faoliyati toʻxtagani yoʻq. Oʻrganishlar davomida karantin qoidalarini buzmaslik, jamoaviy tarzda ishlashni keskin qisqartirish orqali infeksiyaning tarqalish xavfini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish sohasida kasanachilik mehnatidan foydalanilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining zarur mahsulotlarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida barcha choralar koʻrilmoqda.

Ishontirib aytamizki, oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga va narxlarning sunʼiy oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Baxtiyor Ruhitdinov,

OʻzLiDeP siyosiy kengashi

ijroiya qoʻmitasi boʻlimi mudiri.

863
OʻzA