Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.08.2017 21:26 Chop etish versiyasi

Fayzli bog‘da mazmunli hordiq

Fayzli bog‘da mazmunli hordiq Poytaxtimizdagi "Anhor-Lokomotiv" bog‘ida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy mehmonlari kichkintoylar, o‘quvchi-yoshlar, ularning ota-onalari bo‘ldi.

Yurtimizda aholining maroqli dam olishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va sermazmun tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning turli go‘shalarida barpo etilayotgan madaniyat va istirohat bog‘lari xalqimizning ko‘ngildagidek dam olishi uchun maqbul sharoitlar yaratish, o‘g‘il-qizlar uchun turli to‘garaklar, ijtimoiy-sog‘lomlashtirish aksiyalari, musiqiy kechalar, ijodiy anjuman va muloqotlarni muntazam o‘tkazishdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Ish boshlaganiga bir yil to‘lgan mazkur bog‘da Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlar, maktab o‘quvchilari, alohida ehtiyojli oilalarning farzandlari uchun turli xayriya aksiyalari, sport turnirlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan.

7 (2).JPG

– Besh nafar nabiramning barini bu yerga olib keldim, – deydi Qibray tumanidan kelgan Osiyo Abdullayeva. – Ular asfaltga rasm chizish tanlovida qatnashdi. Davlatimiz tomonidan aholi, ayniqsa, bolajonlarning dam olishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarning yaratilgani ushbu bog‘ misolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Bu galgi madaniy aksiya doirasida bog‘da "Lazerli shou", "Afsonaviy laboratoriya", "Sehrgar", "Mo‘jaz pufakchalar shousi" kabi qiziqarli interfaol tomoshalar, asfaltga rasm chizish bo‘yicha ijodiy tanlov bo‘lib o‘tdi. Bog‘ning turli hududlarida multfilm qahramonlari ishtirokidagi o‘yinlar bolajonlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Badiiy jamoalar, estrada yulduzlari, xalqaro tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yosh musiqachilar ishtirokidagi konsert namoyish etildi.

Nazokat Usmonova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
1 789






Все о погоде - Pogoda.uz