O‘zA O`zbek

03.05.2018 16:39 Chop etish versiyasi

Faxriylarga ehtirom

Faxriylarga ehtirom Samarqand shahar hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand shahar kengashi va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar shaharda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xonadonida bo‘lib, ularni 9-may – Xotira va qadrlash kuni bilan bilan qutladilar.

Faxriylarga Prezidentimiz nomidan 5 million so‘m pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi. Musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

3.JPG

5.JPG

–Urush, uning oqibati tufayli insoniyat boshiga tushgan kulfatlar hali- hanuz hech kimning yodidan chiqmaydi, – deydi Rashid bobo Rahmonov sinovli yillarni xotirlab. – Neki bo‘lsa, biz ko‘rdik. U kunlar boshqa qaytmasin, ilohim. Bugungi dorilomon kunlarimiz bardavom bo‘lsin. Tinchligimiz, farovon hayotimizga ko‘z tegmasin.

Alisher Isroilov (surat), O‘zA
4 639