Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.08.2017 15:20 Chop etish versiyasi

Faxriylar pansionati obodonlashtirildi

Faxriylar pansionati obodonlashtirildi An’anaga ko‘ra, bu galgi xayriya hasharida ham keksa va nogironlar, urush va mehnat fronti faxriylari, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilgan mehr-muruvvat yordami ko‘lami keng bo‘lmoqda.

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati hududi o‘ttizga yaqin mahalla yoshlari tomonidan hamjihatlik bilan obodonlashtirildi. Hasharchi yigit-qizlarning sa’y-harakati bilan daraxtlar oqlanib, butaldi. Ariq-lotoklar tozalandi. Chiqindilar belgilangan joylarga chiqarib tashlandi. Tadbir doirasida keksa va nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz kishilar, kam ta’minlangan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi.

– Bayramlar oldidan tevarak-atrofni tozalash, obodonlashtirish, ehtiyojmand kishilar holidan xabar olish, moddiy-ma’naviy ko‘mak berish xalqimizga xos azaliy qadriyatdir, – deydi Xurshid Yusupov. – Shuning uchun biz tengdoshlarimiz bilan bugungi hasharga o‘z hissamizni qo‘shishni niyat qildik. Hashar davomida daraxtlarga ishlov berdik, oqladik, tagini yumshatdik. Tevarak-atrofni tozalab, chiqindilarni maxsus joyga chiqarib tashladik. Obodonlashtirish ishlariga o‘z hissamizni qo‘shganimizdan xursandmiz.

Nurillo Nasriyev, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
1 221






Все о погоде - Pogoda.uz