O‘zA O`zbek

14.08.2019 Chop etish versiyasi

Favqulodda vaziyatlarda jurnalistlar qanday yoʻl tutishi kerak?

Favqulodda vaziyatlarda jurnalistlar qanday yoʻl tutishi kerak?

Jurnalistika sohasida ilk bor ziddiyatli vaziyatlarda jurnalistlarni oʻzini qanday tutishi boʻyicha batafsil maʼlumot beruvchi qoʻllanma nashr qilindi.

“Ziddiyatli vaziyatlarda jurnalistika” oʻquv qoʻllanmasi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetining dotsenti Nargis Qosimova tomonidan tayyorlangan. Mazkur kitobda jurnalistlarning muammoli, terroristik vaziyatlarda qanday faoliyat yuritishi boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. Shuningdek, risolada ziddiyatlar mediatsiyasi, favqulodda vaziyatlarda muxbirning roli, faktcheking va feyknyus masalalari ham yoritilgan. Bu yoʻnalishda hozirgacha oʻzbek jurnalistikasida birorta qoʻllanma boʻlmagan.

– Bugungi kunda jamiyatda ziddiyatlar kuchayib, jahonda diniy ekstremizm va terrorizm ildiz otayotgan bir paytda boʻlajak va amalda faoliyat yuritayotgan jurnalistlarimiz uchun kerakli oʻzbek tilidagi qoʻllanma boʻladi, degan niyatdaman. Bizda mediatsiya boʻyicha qonun qabul qilingan boʻlsa-da, koʻpgina jurnalistlarimiz uning mohiyatini tushunmaydi. Mazkur kitobda OAV yoki jurnalist ziddiyatli vaziyatlarda mediator boʻla oladimi, jurnalistlar terrorchilarning doʻstiga aylanib qolmaydimi, degan savollarga javob beriladi, – deydi Nargis Qosimova.

1 199
OʻzA