O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

Tailanddan Fargʻonaga charter reys orqali yoʻlovchilar keldi

Tailanddan Fargʻonaga charter reys orqali yoʻlovchilar keldi

Bugun soat 05:25 da “Fargʻona” xalqaro aeroportida Tailandning Bangkok shahridan uchgan avireys qabul qilindi.

Fargʻona viloyati hokimligining koronovirus kasalligiga qarshi kurashish va tarqalishining oldini olish boʻyicha viloyat shtabidan olingan maʼlumotga koʻra, samolyot bortida 257 nafar mamlakatimiz fuqarolari favqulodda holatdan kelib chiqqan tartib-qoidalar asosida kutib olindi.

photo_2020-03-26_11-13-52.jpg

photo_2020-03-26_11-13-15.jpg

67 erkak, 163 ayol, 27 voyaga yetmagan, shundan 255 nafari Oʻzbekiston fuqarolari, 1 nafar ayol Rossiya va 1 nafar erkak Ukraina fuqarosi boʻlgan.

Bir nafar fuqaro - 2010-yil 7-mayda tugʻilgan, Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi M.Ogorodnikov qarovchisi yoʻqligi boʻlganligi sababli shu reysning oʻzida Toshkent shahriga yuborildi.

photo_2020-03-26_11-13-41.jpg

photo_2020-03-26_11-13-43.jpg

Yoʻlovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtayi nazardan qattiq nazorat oʻrnatilgan. Ular Rishton tumanidagi sogʻlomlashtirish markazida karantinga joylashtirildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Fargʻona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida olti nafar koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemor davolanayotgani haqida maʼlum qilgan. Bu ayollarning biri Turkiyadan, ikkinchisi umra ziyoratidan kelgan.

photo_2020-03-26_11-13-38.jpg

photo_2020-03-26_11-13-50.jpg

Shuningdek, viloyatda endemik davlatlardan kelgan 211 nafar fuqaro shifoxona sharoitida, 1 ming 528 nafari uy sharotida karantinga olingan.


545
M. Sulaymonov, M. Qodirov, (surat) OʻzA.