O‘zA O`zbek

01.05.2020 Chop etish versiyasi

Fargʻonadan xushxabar: 12 nafar bemor sogʻaydi

Fargʻonadan xushxabar: 12 nafar bemor sogʻaydi

Fargʻona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 12 nafar bemor butkul sogʻaydi. Tuzalganlar viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullar ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sogʻaygan bemorlarning 5 nafari erkak, 7 nafari ayollardir.Ulardan 11 nafari nafari joriy yil 25-mart kuni charter reys orqali Turkiyadan Fargʻonaga kelgan. Bir nafari Yozyovon tumanidan boʻlib, koronavirusga chalingan bilan muloqotda boʻlib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida 13 yoshli bola ham bor.

Samarali davolash muolajalaridan keyin, soʻnggi tekshiruvlar ularning xastalikdan butkul forigʻ boʻlganini koʻrsatdi.

1 834
M. Sulaymonov, OʻzA