O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

Fargʻonadan fotoreportaj: Qishloqdagi qaynoq hayot jabhalari

Fargʻonadan fotoreportaj: Qishloqdagi qaynoq hayot jabhalari

Soat millari hech qachon toʻxtamaydi, hayot davom etmoqda. Koronavirusni oldini olish maqsadida koʻchalar huvillab, mashinalar qatnovi ancha kamaydi. Koʻpchilik yurtdoshlarimiz bugun uyda, oila davrasida. Nachora, eng yuqori surʼatda rivojlanayotgan mamlakatlarda ham vaziyat shunday. Demakki, birlashsak, belgilangan qoidalarga vaqtida amal qilsak, dunyoni qurshagan dardni birgalikda yengamiz.

Kaftdekkina telefonga kelayotgan paydar-pay xabarlarning deyarli barchasi koronavirus haqida. Tashvishlanishga arziydi, lekin ortiqcha vahimaga ne hojat? Shifokorlarning maslahatlari, gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilsak, hammasi oʻz iziga tushadi.

Bugundan boshlab, yurtimizda kuchaytirilgan tartib joriy qilindi. Atrofga nazar solsangiz, barcha tibbiy niqobda. Fargʻona viloyatining eng chekka qishloqlarida ham holat shunday. Zero, asraganni ham yaratgan asraydi. Biz qishloqlarimizdagi ana shunday jarayonni suratlarga muhrladik.

1 310
Maʼsudjon Sulaymonov, OʻzA