Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.11.2017 12:44 Chop etish versiyasi

Farg‘onada zamonaviy shaharcha

Farg‘onada zamonaviy shaharcha Farg‘ona shahridagi sobiq “Furan kimyo birikmalari” va “Farg‘onagazapparat” zavodlari o‘rnida Mustaqillik shaharchasini barpo etish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. 2013-yildan buyon qurilish ishilari davom etayotgan shaharchada 60 dan ziyod ko‘p qavatli zamonaviy uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirildi.



Farg‘ona shahar hokimligi qurilish direksiyasi boshlig‘i Faxriddin Qoraboyevning aytishicha, bu yil ham beshta 7 qavatli va yigirmata 4 va 5 qavatli turar-joylar bunyod etish rejalashtirilgan. Qurilish ishlarini “Marg‘ilon ixtisoslashtirilgan ta’mir-qurilish”, “Hamkor obodon-imkon” kabi korxonalar bunyodkorlari amalga oshirmoqda.

Shaharcha tobora zamonaviy qiyofa kasb etib, ko‘rkam turarjoylar qatorida ta’lim, tibbiyot muassasalari, sport majmualari, madaniy-maishiy inshootlar va dam olish maskanlari qad rostlamoqda.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
1 990






Все о погоде - Pogoda.uz