O‘zA O`zbek

21.01.2019 19:28 Chop etish versiyasi

Fargʻonada Koreyaning nufuzli universiteti filiali ochiladi-mi?

Fargʻonada Koreyaning nufuzli universiteti filiali ochiladi-mi? Koreya Respublikasining JEI universiteti prezidenti Li Ji Vu boshchiligidagi delegatsiya Fargʻona viloyatida boʻlib, oliy taʼlim sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar olib bordi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston hamda Janubiy Koreya Respublikalari oʻrtasidagi aloqalar yangi bosqichga koʻtarilmoqda. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, turizm sohalarini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oliy taʼlim sohasida ham hamkorlik tobora kengayib borayotgani, yurtimizda Koreya oliygohlarining filiallari tashkil etilayotgani ham aloqalarni mustahkamlanayotganidan dalolatdir.

Dastlab delegatsiya aʼzolarini Fargʻona viloyati hokimi Sh. Gʻaniyev qabul qildi. Mehmonlarga viloyatda Koreya Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar, oliy taʼlim sohasidagi ishlar xususida maʼlumot berildi. JEI universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyilayotgani bu borada muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi. “Yoʻl xaritasi” doirasida viloyatda Koreya Respublikasining JEI universiteti filialini ochish rejalashtirilgan.

Mehmonlar Fargʻona davlat universiteti hamda Fargʻona politexnika institutida ham boʻlib, samimiy muloqot olib bordi. Ular oliy oʻquv yurtlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Muzokaralar natijasida JEI universitetining filialini ochish yuzasidan memorandum imzolandi.

5.JPG

6.JPG

8.JPG


M.Sulaymonov, M.Qodirov (surat), OʻzA
1 646